"Men aynan 80 yillik tantanaga borishga tayyorman, tamom", — dedi Robert Fiso 4 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Fisoning so‘zlariga ko‘ra, safarda unga ikki nafar talaba hamrohlik qiladi. Shuningdek, uning qayd etishicha, Moskvaga Slovakiya parlamenti va Yevroparlamentning bir nechta deputatlari ham boradi, ammo ular rasmiy delegasiya tarkibida bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni, Moskvadagi parad va Putin bilan uchrashuvda ishtirok etadigan xorijiy yetakchilarga xavfsizlik kafolatlari berishni istamagani uchun tanqid qildi.
Bundan tashqari, 9 may munosabati bilan Moskvaga tashrif buyurishini Xitoy hukumati ham tasdiqladi. XXR Tashqi ishlar vazirligi mamlakat rahbari Si Jinpin 7—10 may kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lishini ma’lum qildi.