Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Siyosiy iroda va madaniy burch: tarixiy inshootga yangi nafas bag‘ishlagan tashabbus

Siyosiy iroda va madaniy burch: tarixiy inshootga yangi nafas bag‘ishlagan tashabbus

Toshkent markazidagi 1912 yilda qad rostlagan noyob me’moriy obida — sobiq dizel elektr stansiyasi binosi uzoq yillar davomida qarovsiz va tashlandiq holda edi. Shahar sanoat me’morchiligining kamyob namunasi bo‘lgan bu inshoot vaqt o‘tishi bilan to‘liq yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgandi.

Poytaxtning eng gavjum nuqtasida joylashgan bunday hududni tijorat maqsadlariga yo‘naltirish, uni navbatdagi daromad keltiruvchi majmuaga aylantirish mumkin edi. Biroq milliy madaniyatimiz ravnaqi, xalqimiz ma’naviyati va yosh avlod kelajagi ustun qo‘yildi.



⚡️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mazkur tarixiy inshootni qayta tiklash va uni aynan san’at rivojiga xizmat qiladigan maskanga aylantirish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilindi. Yillar davomida huvillab yotgan bino Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan Toshkent Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi.

Bu loyiha — yurtimizda tarixiy merosni asrab-avaylash va madaniy taraqqiyot davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanining yorqin amaliy ifodasidir. Bir paytlar nurab qolgan devorlar bugun jahon va milliy san’at uyg‘unlashgan ilhom manbaiga aylanmoqda.

🔑 Markaz mahalliy rassomlar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🎨 Markaz o‘z madaniy missiyasini chuqur ramziy ma’noga ega «Hikmah» ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Loyihada 11 nafar yetuk san’atkorning ijod namunalari orqali moziy hikmati, ajdodlar xotirasi va yangi davr estetikasining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi aks ettiriladi.

Kiritildi: 09:31 04.09.2026. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!