“Manchester Siti” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning mavsum oxirida ketishi ehtimoli oshib borayotgani bois, bu jarayonga tobora puxtaroq tayyorlanmoqda.
Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, ammo klub rahbarlari uni kelasi yozda, ya’ni kelishuv muddatidan bir yil oldin ketishini kutmoqda.
Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Gvardiola biroz dam olishni, shundan keyin esa murabbiylik faoliyatini davom ettirishni rejalashtiryapti.
Yaqinda “Manchester Siti” UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida Madridning “Real” jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Angliya Premyer-ligasi jadvalida “shaharliklar” musobaqa peshqadami “Arsenal”ga yetolmadi va chempionlikdan deyarli umidini uzdi.