Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

«Siti» futbolchisi «Barselona»ga taklif qilindi

«Siti» futbolchisi «Barselona»ga taklif qilindi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlari «Barselona»ga taklif qilindi.

Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha soat ichida vositachi «ko‘k-anorranglilar»ga angliyalik futbolchini sotib olishni taklif qilgan.

Uning «shaharliklar» bilanamaldagishartnomasi 2027 yilningyozigaqadarmo‘ljallangan. Biroq, hozircha Kataloniya klubining bu kelishuvga qiziqish bildirayotganiga oid hech qanday belgi yo‘q.

Foden «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:53 04.05.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!