Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi

Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi

Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari so‘nggi yillarda hududda amalga oshirilgan islohotlar va katta o‘zgarishlarni alohida ta’kidladi.

8 yilda hududga 4 mlrd dollar investisiya kiritilib, 187 ta yirik korxona ishga tushdi, 120 ming ish o‘rni yaratildi. Sanoat hajmi 4 trln so‘mdan 25 trln so‘mgacha oshdi. Ilgari dotasiyada bo‘lgan bir qator shahar va tumanlar bugungi kunda o‘zini o‘zi ta’minlash darajasiga chiqqan.

Kelgusi yil Sirdaryo tumanida 122 mln dollarlik avtomobilsozlik loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Qozog‘iston bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Osiyo sanoat kooperasiyasi markazida umumiy qiymati 300 mln dollar bo‘lgan 14 ta korxona ish boshlaydi.

Prezident Sirdaryoda ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma tizimlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, kelgusi yil uchun yana 100 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi.

Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Davlat rahbari yangi hokimga qator ustuvor vazifalarni qo‘ydi:

  • 3 mlrd dollar investisiya jalb qilish;

  • eksportni 500 mln dollarga yetkazish;

  • 185 ming aholiga ish o‘rni yaratish.

Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi 1080 gektargacha kengaytirildi. Xitoy bilan hamkorlikda 700 mln dollarlik 40 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Toshkentdan ko‘chiriladigan korxonalar uchun Sirdaryoda maxsus imtiyozlar beriladi.

Qishloq xo‘jaligida esa kelgusi yil 100 mln kub metrli “Sultonhovuz” suv ombori qurilishi boshlanadi. Bu 110 ming gektarda yillik ikki hosil yetishtirish imkonini yaratadi.

Prezident mahalliy yo‘llar, xizmat sohasi, tadbirkorlik infratuzilmasi va aholi sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Gulistonda sodir bo‘lgan gaz balloni portlashida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishi belgilandi, halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya bildirildi.

Sessiyada mutasaddilar hisobot berdi va takliflar muhokama qilindi. Davlat rahbarining Sirdaryoga tashrifi yakunlandi.

Kiritildi: 20:46 04.12.2025. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!