Toshkentda vafot etgan gulistonlik erkak Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Adham Abdullayev ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Marhum O‘zbekistonda koronavirus asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan 76-bemor, SSV bergan rasmiy statistikaga ko‘ra esa 74-bemor bo‘ldi.
Avval Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayevning 67 yoshida vafot etgani xabar qilingan, ammo aktyorning o‘limi sabablari ochiqlanmagandi.