Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda Umra ziyoratiga boruvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi

Sirdaryoda Umra ziyoratiga boruvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi

Joriy yilning 7-14 noyabr kunlari Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidida 2018-2019 yillarda Sirdaryo viloyatidan muborak Umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan yurtdoshlarimiz uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh Zokirov tomonidan Umraning mazmun-mohiyati, shartlari hamda ado qilish tartib va odoblari to‘g‘risida zarur ma’lumotlar berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan «Umra ziyorati» nomli video namoyish etilib, tushuntirish va izohlar berildi.

Har qanday safarga tayyorgarlik bilan chiqilgani kabi, umrani ado qilish uchun ham jismonan, ham ma’nan alohida hozirlik ko‘rish kerakligi, niyatning to‘g‘ri bo‘lishi, umra amallarini to‘liq bajarish, ziyoratga borganda fursatni g‘animat bilib ko‘proq savobli ishlarni qilish, guruh rahbarlarining ko‘rsatmalariga rioya qilishning zarurligi ta’kidlandi.

Umra ibodati qurbi yetgan kishilarga sunnati muakkada, ya’ni ta’kidlangan sunnat amali hisoblanadi. Qur’oni karimning Baqara surasida: “Haj va umrani Alloh uchun to‘kis ado eting” — deyiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Umra — ikki umra oralig‘ida qilingan gunohlarga kafforatdir va pok niyatda qilingan haj ajri — faqat jannatdir!», deb aytganlar. Alloh taolo barchamizni O‘zi yaxshi ko‘radigan va rozi bo‘ladigan ishlarga muvaffaq qilsin.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 08:46 17.11.2018. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!