Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda paxtazor orasida yetishtirilgan nasha giyohvandlik o‘simliklari aniqlandi

Sirdaryoda paxtazor orasida yetishtirilgan nasha giyohvandlik o‘simliklari aniqlandi

«Qoradori-2022» keng qamrovlik profilaktik-tezkor tadbiri davomida Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida, Sirdaryo tumani Ilg‘or mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli, joylashgan paxta dala maydoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, g‘o‘za o‘simliklari orasida jami 5 tup, uzunligi 1-1,5 metrlar bo‘lgan, nasha giyohvandlik o‘simliklariga o‘xshash o‘simliklari parvarishlangan holatda o‘sib turganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar jarayonida, mazkur 5 tup o‘simliklarni, fermer xo‘jaligida suvchi bo‘lib ishlovchi, F.A ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:04 16.08.2022. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!