Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanidan bo‘lgan 18 yoshli ikki yigit o‘zlari Samarqand shahridan yo‘lovchi sifatida mingan Cobalt mashinasini Sirdaryo viloyati hududida haydovchi hojatxonaga kirganidan foydalanib, olib qochgan. To‘sib ushlash rejasi harakatga keltirilgach, ularni Bo‘ka tumani hududida IIB xodimi to‘xtatishga uringan. Ammo ular xodimni pichoqlab, Cobalt’ni qoldirgan holda uning Matiz mashinasini haydab ketishgan.
Keyinroq Matiz’da yo‘lni to‘sib chiqqan YPX xodimini urib ketishdi. Yakunda ular Ohangaronda qo‘lga olingan.