Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda fuqaro onasiga aliment to‘lamaganligi uchun qamaldi

Sirdaryoda fuqaro onasiga aliment to‘lamaganligi uchun qamaldi

MIB Sirdaryo viloyati boshqarmasi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘’basi xabariga ko‘ra, qarzdor R.I.ga fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 2021 yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan onasi Q.I.ning moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati belgilangan bo‘lsada, to‘lovni belgilangan tartibda amalga oshirmay, yordamga muhtoj onasini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natija bermaganligi sababli, qarzdorga nisbatan O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga binoan javobgarlik masalasi ko‘rilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Biroq qarzdor ma’muriy jazoni o‘tab chiqqan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlashni davom ettirib kelganligi sababli, MIBning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat kodeksining 123-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudining joriy yil 11-apreldagi hukmi bilan qarzdor R.I.ga nisbatan O‘zR Jinoyat Kodeksining 123-moddasiga binoan 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 15:46 01.05.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!