Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda erkak pul bermaslik uqun taksistni bo‘g‘ib o‘ldirdi

A A A
Sirdaryoda erkak pul bermaslik uqun taksistni bo‘g‘ib o‘ldirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tumani sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish) va 168 (firibgarlik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan muqaddam sudlangan xavfli residivist 18,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi "Guliston-Do‘stlik" yo‘nalishida harakatlanuvchi taksi haydovchisi bilan savdolashib, Zomin tumaniga boradi, yo‘lkira haqini bermaslik uchun haydovchini urib yiqitadi hamda arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. Keyinchalik, haydovchi va uning mashinasiga tegishli barcha hujjatlarni, murdani Boyovut tumanidagi keng dala maydoniga olib borib, tashlab ketadi.

Mashinani esa Guliston shahrigacha haydab kelib, jinoyatini yashirish maqsadida mashina eshiklarini ochiq holda tashlab ketgan.

Kiritildi: 09:49 31.01.2023. O'qildi: 3424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!