Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda bankomatni bolta bilan ochmoqchi bo‘lgan o‘smir qo‘lga olindi

Sirdaryoda bankomatni bolta bilan ochmoqchi bo‘lgan o‘smir qo‘lga olindi
Guliston tumanida bankomatdan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, voqea 12 sentyabr kuni soat 3:16 larda Guliston tumanidagi Oltin vodiy mahallasida sodir bo‘lgan. Hududdagi bankomatdan qo‘riqlash xizmati monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan. Tekshiruv davomida yuzini yashirgan holda bolta va boshqa ashyolar bilan bankomatning tashqi qismini buzishga urinayotgan shaxs aniqlangan. Qo‘riqlash xizmati xodimlarini ko‘rib, voqea joyidan qochishga uringan gumonlanuvchi tezkor guruh tomonidan qo‘lga olingan. Surishtiruv jarayonida ushlangan shaxs Guliston tumanida yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan D.S. ekani ma’lum bo‘lgan. U belgilangan tartibda tuman IIBga olib borilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Kiritildi: 15:30 16.09.2026. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!