"O‘zenergoinspeksiya" va "Hududgazta’minot" AJ hamkorligida Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “SH. S.” MCHJga qarashli AGTKShda gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 599 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.