Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

SIRDARYo VILOYATI HOKIMI LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI

SIRDARYo VILOYATI HOKIMI LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI

Ayrim tuman hokimlari investisiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etildi.

O‘tgan yili Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investisiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan.

Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Hududida ivestisiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.

Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investisiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investisiya bilan shug‘ullanadi.

Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: Bugun 15:34. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!