Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Singapurda onlayn firibgarlarga antiqa jazo joriy etildi

Singapurda onlayn firibgarlarga antiqa jazo joriy etildi

Endi Singapurda onlayn firibgarlarning dumbasiga qamchi bilan uriladi, deb xabar beradi The Washington Post

Rasmiylar kiberjinoyatchilikning ko‘payishi sababli bu qarorni qabul qilishdi va endi jarima va qamoq jazosidan tashqari, onlayn firibgarlar ham kaltaklanadi.

Eng kam zarbalar soni oltita, jiddiyroq jinoyatlar sodir etganlar esa 24 tagacha jazo oladi.

Urish uchun uzunligi 60 dan 120 sm gacha, qalinligi 4 dan 13 mm gacha bo‘lgan rotang yoki bambukdan yasalgan egiluvchan tayoqlar ishlatiladi. Nashrda shuningdek, 50 yoshdan oshgan ayollar va erkaklarga kaltak urilmasligi haqida xabar berilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, birgina 2025 yilning birinchi yarmida Singapurda o‘n minglab internet firibgarligi holatlari qayd etilgan. Straits Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yildan beri jinoyatchilarning harakatlaridan yetkazilgan umumiy zarar 3,88 milliard dollarni tashkil etgan.

Kiritildi: 21:50 06.11.2025. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!