Saudiya Arabistoni va BAA kabi bir qancha Fors ko‘rfazi mamlakatlari Qo‘shma Shtatlarni Eronga qarshi harbiy operasiyalarni davom ettirishga chaqirdi.
Bu haqda Associated Press Qo‘shma Shtatlar, Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlarining ismi oshkor qilinmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayn vakillari AQSH-Isroil harbiy operasiyasi Tehron rahbariyatida tub o‘zgarish bo‘lmaguncha yoki Eron rahbariyatidagi kayfiyat o‘zgarmaguncha davom etishi kerakligi haqidagi fikrni shaxsiy ravishda bildirganliklari ta’kidlangan.
Agentlik shuningdek, Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasidagi mojaroga yagona yondashuv yo‘qligini ta’kidlaydi: Saudiya Arabistoni va BAA eng qattiq pozisiyani egallaydi, Ummon va Qatar esa diplomatik yechimni qo‘llab-quvvatlaydi.