Simone Indzagi «Inter» bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda 3 iyun kuni klub rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan shartnoma bekor qilingan.
Simone Indzagi «Inter»ni 2021 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning davrida klub Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta mamlakat kubogini, uch marta milliy superkubokni qo‘lga kiritdi.
Milanliklarni ikki marta (2022/2023, 2024/2025) Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan Indzagidan har safar omad yuz o‘girgan.