XXR zamonaviy sosialistik davlatni barpo etishning yangi bosqichida turibdi.
Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Xitoy ishchi-dehqon Qizil armiyasining Buyuk yurishdagi g‘alabasining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda bayonot berdi.
"Hozirda biz har tomonlama buyuk zamonaviy sosialistik davlatni barpo etish va ikkinchi yuz yillik maqsadga — Xitoycha uslubdagi modernizasiya orqali xitoy millatining buyuk qayta tiklanishini har tomonlama ilgari surishga intilib, yangi yo‘lda turibmiz. Faqat tarixni yodda saqlagan holdagina biz yorug‘ kelajakni yaratishimiz mumkin", — dedi u.