Shveysariyada Aholi soniga cheklov o‘rnatish va immigrasiyani cheklash bo‘yicha radikal taklif o‘ng-konservativ Shveysariya xalq partiyasi tomonidan ilgari surilgandi. Mazkur masala bo‘yicha referendum 14 iyun kuni bo‘lib o‘tdi.
SRF jamoat teleradiokompaniyasi prognozlariga ko‘ra, shveysariyaliklarning 55 foizi ushbu g‘oyaga qarshi ovoz bergan.
Le Temps gazetasi prognoziga ko‘ra esa aholining 54,7 foizi tashabbusga qarshi ovoz bergan. Rasmiy natijalar hali e’lon qilinmadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda uy-joy yetishmovchiligi keskinlashgan, transport va infratuzilma haddan tashqari yuklangan. Hozirda Shveysariyada qariyb 9 million aholi istiqomat qiladi, aholi o‘sishining asosiy omili esa migraiiya bo‘lib qolmoqda.