Shveysariya moliyaviy regulyatori FINMA Julius Baer xususiy banki faoliyatida pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi talablar buzilishi yuzasidan tekshiruvni yakunladi.
Tekshiruvda bank rossiyalik siyosiy jihatdan muhim shaxslarning aktivlari kelib chiqishini yetarlicha tekshirmagani aniqlangan. Shuningdek, avstriyalik tadbirkor Rene Benkoning bankrot bo‘lgan Signa guruhiga berilgan 700 million dollarlik kreditlarni hisobdan chiqarish holatlari ham mavjud.
Qoidabuzarliklar sababli bank qo‘shimcha 300 million dollar kapital saqlashi shart. FINMA, shuningdek, Julius Baer ushbu mijozlar guruhlari bilan ishlashdan olgan qariyb 12 million dollar daromadini musodara qiladi. Bank ustidan kuchaytirilgan nazorat 2032 yilgacha davom etadi.