Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Shoygu: "Armanistonning Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuvi YEOII va Rossiya bilan aloqalarning uzilishi demakdir"

Shoygu: "Armanistonning Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuvi YEOII va Rossiya bilan aloqalarning uzilishi demakdir"

Armanistonning Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuvi Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (EOII) va Rossiya bilan aloqalarning uzilishi demakdir.

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu ma’lum qildi.

"Armanistonning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasi, hatto diversifikasiya niqobi ostida ham, ba’zi odamlar buning noto‘g‘ri ekanligini qanchalik da’vo qilishmasin, YEOII va Rossiya bilan aloqalarning uzilishi demakdir. Bunday qadamlar Armaniston iqtisodiyotini chuqur inqirozga olib keladi", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bunday tanlovning oqibatlarini moliyalashtirish niyatida emas.

"Men ochiqchasiga aytmoqchiman: biz Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini kengaytirishni, Yevropa standartlariga o‘tishni yumshatishni yoki undan keyingi iqtisodiy inqirozdan chiqishni moliyalashtirmaymiz", deb ta’kidladi Shoygu.

Kiritildi: Bugun 09:41. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!