The Telegraph nashrining xabar berishicha, ushbu hududlar rahbarlari ertaga Buyuk Britaniya tarkibidan ehtimoliy chiqish masalasini muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ular mustaqillik bo‘yicha referendumlar o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishni istamoqda. Ilk bor ushbu uchala hududga ham shunday imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosatchilar rahbarlik qilmoqda.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniya hukumati faqat London referendumlar o‘tkazilishini e’lon qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda va u buni amalga oshirishni rejalashtirmayapti.
Shotlandiya va Uels Yevropa Ittifoqiga alohida a’zo bo‘lish istiqbolini, Shimoliy Irlandiya esa birato‘la Irlandiyaga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deyiladi xabarda.