Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shomurodov va Fayzullayev "yondirgan" o‘yinda "Bashakshehir" o‘ta yirik g‘alabani nishonladi

Shomurodov va Fayzullayev "yondirgan" o‘yinda "Bashakshehir" o‘ta yirik g‘alabani nishonladi

Turkiya chempionati 17-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Gaziantep" ustidan 5:1 hisobida yirik g‘alabani nishonladi.

Bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar qahramonlarga aylandi. Eldor Shomurodov o‘yinda 1 ta gol urib, 1 ta assist bergan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Yana bir vaziyatda Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng raqib o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi.

"Bashakshehir" bu g‘alaba evaziga 23 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. "Gaziantep" hisobida ham 23 ochko bor, 9-pog‘ona.

Turkiya chempionati. 17-tur
22 dekabr, 19:00
Bashakshehir - Gaziantep - 5:1
Gollar: 21' 1:0 - E. Shomurodov (A. Xarit), 26' 1:1 - A. Kamara (A. Maksim), 29' 2:1 - A. Fayzullayev (M. Shengezer), 53' 3:1 - A. Qizildag (avtogol), 68' 4:1 - U. Gyunesh (E. Shomurodov), 84' 5:1 - I. Brnich.

Kiritildi: 21:08 22.12.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!