Bugun 1 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Turkiya chempionatining uchinchi turida “Bashakshehir” o‘z maydonida “Kasimpasha” klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

“Bashakshehir” tarkibida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov 18-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. “Kasimpasha” esa 81-daqiqada Diabate goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Ushbu durangdan so‘ng “Bashakshehir” ochkolarini 4 taga, “Kasimpasha” esa 5 taga yetkazdi.

Superliganing 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida “Galatasaroy”ni qabul qiladi.

Eldor Shomurodov qahramonga aylangan uchrashuvning eng muhim voqealari quyidagicha bo‘ldi:

11-daqiqa.

“Bashakshehir” samarali hujum tashkil qildi. O‘ng qanotda to‘pni qabul qilgan Olsen jarima maydoni chizig‘igacha yetib bordi va to‘pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Shomurodov boshi bilan zarba berish uchun yuqoriga sakradi, ammo to‘p nishondan biroz chetlab, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

18-daqiqa — GOL! 1:0.

“Bashakshehir” hisobda oldinga chiqdi. Darvozabon Janniotisning qisqa zarbasidan so‘ng Operi Umut Bozokka pas berdi. Bozok esa darhol Shomurodovga qulay vaziyat yaratdi.

O‘zbekistonlik hujumchi jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qilib, darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi va Janniotisni chalg‘itib, darvoza to‘riga borib tushdi. Supergol!

20-daqiqa.

“Bashakshehir” ikkinchi golni urishga juda yaqin keldi. Shomurodov raqibidan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydoniga yorib kirdi va uning chetidan kuchli zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, ustunga borib urildi va yana maydonga qaytdi.

47-daqiqa.

“Kasimpasha” futbolchisi Benedichal jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. Darvozabon Muhammad to‘pni qaytarib, burchak zarbasiga chiqarib yubordi.

69-daqiqa.

“Bashakshehir” yaqqol imkoniyatni boy berdi. Maydon markazida to‘pni qabul qilgan Opoku Shomurodovga himoyachilar orasidan uzatma berdi. O‘zbekistonlik hujumchi zarba berdi, ammo to‘p darvozadan chetlab ketdi. Zarba uzatma va darvozaga yo‘llangan zarba o‘rtasidagi harakatga o‘xshadi.

71-daqiqa.

Chap qanotdan uzatilgan jarima zarbasidan so‘ng Vink jarima maydonida to‘pni qabul qildi va boshi bilan uni darvoza oldida turgan Benedichak tomon yo‘lladi. Benedichakning havodan bergan zarbasi darvoza to‘sinidan biroz balandlab ketdi.

78-daqiqa.

Chap qanotda to‘pni qabul qilgan Operi uni penalti nuqtasi tomon uzatdi. Shomurodov yuqoriga sakrab, boshi bilan zarba berdi. Ammo to‘p darvozaning yon ustuniga tegib, yana maydonga qaytdi.

81-daqiqa — GOL! 1:1.

“Kasimpasha” hisobni tenglashtirdi. Raffeti Benedichakka pas berdi. U chap tomondan jarima maydoniga kirib bordi va darvoza qarshisida qulay pozisiyada turgan Diabateni topdi. Diabate yaqin masofadan zarba berib, hisobni 1:1 qildi.

E’tiborli jihat:

Shomurodov “Bashakshehir”ning golini yaratishda bevosita ishtirok etgan va 20-, 69-, 78-daqiqalarda ham xavfli vaziyatlarda qatnashgan. Ayniqsa, 78-daqiqadagi bosh bilan berilgan zarba ustunga tekkani uning ikkinchi golga juda yaqin kelganini ko‘rsatadi.

To‘purarlar poygasi:

Turkiyaning bu yilgi mavsumida ham Eldor Shomurodov to‘purarlar poygasida faol qatnashmoqda. O‘tgan mavsumda tajribali hujumchimiz “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan raqobatlashib, chempionat yakunida har ikkalasi 22 ta gol bilan “Oltin butsa”ga ega chiqqan edi.

Bu gal Eldor Shomurodov nigeriyalik boshqa to‘purar – Viktor Osimxen bilan raqobatga kirishdi. “Galatasaroy” hujumchisi uchta uchrashuvda raqib darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilgan. Shomurodov esa, dastlabki uchta o‘yinda bittadan gol urdi va hozircha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Har ikki yetakchini o‘z hisobiga ikkitadan gol yozdirgan Muhammad Saloh, Meyson Grinvud va Vedat Muriki singari mashhur hujumchilar ta’qib qilib kelmoqda.

Kiritildi: 19:46 31.08.2026. O'qildi: 2990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!