Italiya chempionati 31-turida “Roma” o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Rimliklarning yagona goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan o‘zbekistonlik hujumchi 49-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Mazkur gol amalda rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu bois Eldor uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va o‘z sovrinini qabul qilib oldi.
Shuningdek Shomurodov Sofascore tomonidan ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topildi. Bir bo‘lim harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchi portal tomonidan 7,2 ballga loyiq ko‘rildi. U 45 daqiqa davomida 20 marta to‘pga teginib, 13 ta sheriklariga uzatma bergan va uning 11 martasi manzilga aniq yetib borgan — 85 foiz.
Sofascore tomonidan “Roma” safidagi eng yaxshi futbolchi darvozabon Sivilar deb topilgan. 90 daqiqa harakat qilgan futbolchi 6 seyvni amalga oshirgan.