Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shomurodov «Roma» safida eng yaxshi natijani qayd etmoqda

Shomurodov «Roma» safida eng yaxshi natijani qayd etmoqda

«Roma» «Monsa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 4:0.

Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ushbu bahsda gol+assist qayd etdi. Shu tariqa, joriy mavsumda hamyurtimiz barcha musobaqalarda jami 757 daqiqa o‘ynab, 7 ta gol yoki golli uzatma qayd etdi. O‘rtacha hisobda Eldorga gol yoki golli uzatma uchun 108 daqiqa kerak bo‘lmoqda.

«Roma»dagi asosiy raqobatchisi Artem Dovbik hisobida 15 ta golli natija va 2419 daqiqa o‘yin vaqti bor. Ukrainalik futbolchiga aniq zarba yoki pas berish uchun 161 daqiqa kerak bo‘lmoqda. Boshqa hujumchilarga kelsak, Aleksis Salemakers 153 daqiqa, Paulo Dibala — 158, Stefan El-Shaaravi — 209, Matias Sule — 302 daqiqa kerak bo‘lmoqda.

Kiritildi: 13:15 26.02.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!