O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov "Roma" klubi bilan shartnomasini uzaytirish maqsadida maoshini qisqartirdi.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, Shomurodov "Roma" bilan shartnomasini 2027 yilning yoziga qadar uzaytirishga rozi bo‘lgan. Biroq u yangi shartnoma tufayli maoshining kamaytirilishiga rozi bo‘ladi. Amaldagi shartnoma Shomurodovni klub bilan 2026 yilning yoziga qadar bog‘laydi.
Shomurodov 29 yoshda, u 2021 yilning yozida "Roma"ga o‘tgan. Joriy mavsumda o‘zbekistonlik futbolchi klub safida barcha rasmiy turnirlarda oltita gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.