Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shomurodov Dovbikdan asosiy tarkibdagi joyni tortib olishi mumkin

Shomurodov Dovbikdan asosiy tarkibdagi joyni tortib olishi mumkin

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik asosiy tarkibdan ancha muddatga chetda qolishi mumkin.

TuttoMercatoWeb nashrining xabar berishicha, Artyom hozir jismoniy muammolarga duch kelmoqda. Uning keyingi ikki uchrashuvda ishtirok etishi shubha ostida.

Shu bilan birga, Eldor Shomurodov jamoadoshlari bilan o‘zaro yaxshi til topishmoqda va Klaudio Ranyerining ishonchini qozonmoqda.

Italiyalik mutaxassis Shomurodovning harakatlari va maydonda bo‘sh zonalar yaratish qobiliyati tufayli uni Paulo Dibala uchun mukammal sherik deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 15:04 28.02.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!