Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shomurodov "Bashakshehir"ning eng yuqori baholangan futbolchisi bo‘ldi

Shomurodov "Bashakshehir"ning eng yuqori baholangan futbolchisi bo‘ldi

Turkiya Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Bashakshehir" — "Galatasaroy" uchrashuvida Eldor Shomurodov mezbonlar safidagi eng yuqori bahoga ega bo‘ldi.

2:3 hisobida yakunlangan bahsni O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda boshladi.

66-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirokida gol yuzaga keldi. Fayzullayev raqib jarima maydonida penalti ishlab berdi, Shomurodov esa 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi.

Sofascore uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Eldorning harakatlarini 7,4 ball bilan baholadi. Bu "Bashakshehir" futbolchilari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Fayzullayev esa o‘yindagi harakatlari uchun 6,9 ball oldi.

Shomurodov "Bashakshehir"ning eng yuqori baholangan futbolchisi bo‘ldi

Kiritildi: 11:21 05.09.2026. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!