Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Shohjahon Abdullayev va yana bir bokschimiz prof boksda jang o‘tkazadi

Shohjahon Abdullayev va yana bir bokschimiz prof boksda jang o‘tkazadi

26 aprel kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari — Shohjahon Abdullayev hamda Komronbek Turg‘unboyev ham ringga ko‘tariladi.

Og‘ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullevga Venesuela vakili Ivan Matyut raqiblik qilsa, 21 yashar Turg‘unboyev moldovalik Ivan Petrovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bu Shohjahon Abdullayev uchun prof boksdagi to‘rtinchi jang bo‘ladi. U bundan avvalgi janglarining barchasida raqiblaridan ustun kelgandi. Abdullayevning bo‘lajak raqibi — 31 yashar Matyut hisobida esa 31 g‘alaba, 20 ta mag‘lubiyat va 2 durang bor.

Shohjahon Abdullayev va yana bir bokschimiz prof boksda jang o‘tkazadi

Yarim o‘rta vaznli Komronbek esa 2023 yilda prof boksda debyut qilib, Bogdan Utegenovni mag‘lub etgandi. Petrov (7-16-2)ga qarshi jang hamyurtimiz uchun professional faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ladi.

Shohjahon Abdullayev va yana bir bokschimiz prof boksda jang o‘tkazadi

Kiritildi: 23:15 13.04.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!