Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Shirer Ronaldu haqida: "Kuniga 400 ming maosh olib, ish tashlash — g‘alati holat"

Shirer Ronaldu haqida: "Kuniga 400 ming maosh olib, ish tashlash — g‘alati holat"

"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer portugaliyalik yulduz to‘purar Krishtianu Ronalduning ish tashlashi (boykot) haqida fikr bildirdi.

"Kuniga 400 ming olib, ish tashlash e’lon qiladiganlar juda kam topiladi. Shuncha katta pul olishiga qaramay, ishdan voz kechish imkoniyatiga ega bo‘lish — yoqimli, albatta. Krishtianu — superyulduz, ammo bunday darajadagi inson uchun bu g‘alati xulq-atvordir", — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda "Goal.com".

41 yoshli Krishtianu 2023 yilning yanvaridan beri Saudiyaning "An-Nasr" klubida to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Uning transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!