Shimoliy Koreya rasmiylari yadroviy kuchlarini ham sifat jihatidan, ham miqdoriy jihatdan mustahkamlashga qaror qilishdi.
Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Qaror Koreya Mehnat partiyasi 9-Markaziy harbiy komissiyasining yetakchi Kim Chen In raisligida bo‘lib o‘tgan birinchi kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qilindi.
Yig‘ilish davomida jangovar tizimlarning texnik infratuzilmasini modernizasiya qilish va mamlakatning yadroviy salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Kim Chen In Markaziy harbiy komissiya tomonidan muhokama qilingan asosiy harbiy masalalar bo‘yicha yettita buyruqni imzoladi.
Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari mamlakat dengiz flotini yadroviy qurol bilan jihozlash niyatini e’lon qilgan va dengiz floti strategik aktivlarga ega bo‘lgan qurolli kuchlarning to‘laqonli tarmog‘iga aylanishi kerakligini ta’kidlagan edi.