Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Bishkekda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha 28 ta hujjatni imzoladi.
Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Qabul qilingan hujjatlar orasida SHHT tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan Bishkek deklarasiyasi ham bor.
Shuningdek, tashkilotning Narkotiklarga qarshi kurash markazi Ijroiya qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Sammit doirasida davlat rahbarlari Pokistonning Lahor shahrini 2026–2027 yillar uchun SHHTning turistik va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bundan tashqari, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yadroviy va jismoniy yadroviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklarasiyasi ham qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar tashkilot doirasida xavfsizlik, madaniy-gumanitar hamkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan.