Fransiyaning mashhur Canal+ telekanali XXI asrning eng yaxshi hujumchilari reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat futbol olamidagi eng kuchli to‘purarlar va afsonalarni birlashtirgan.
Reytingning birinchi pog‘onasini «Inter Mayami» va Argentina terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi egalladi. U faoliyati davomida «PSJ» va «Barselona» klublarida ham to‘p surgan.
Ikkinchi o‘rindan «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu joy oldi. U ilgari «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Real» va «Sporting» sharafini himoya qilgan.
Reyting mualliflari uchinchi pog‘onaga Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldoni loyiq ko‘rishdi. U klub miqyosida «Kruzeyro», PSV, «Barselona», «Inter», «Real», «Milan» va «Korintians» jamoalarida o‘ynagan.
Canal+ talqiniga ko‘ra XXI asrning eng yaxshi hujumchilari TOP-15:
Lionel Messi
Krishtianu Ronaldu
Ronaldo
Ronaldinyo
Tyerri Anri
Karim Benzema
Kilian Mbappe
Neymar
Robert Levandovski
Didye Drogba
Samuel Eto'O
Zlatan Ibragimovich
Andrey Shevchenko
Raul
Luis Suares