Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sherzod Shermatov qatarlik va turkiyalik hamkorlar bilan uchrashdi

Sherzod Shermatov qatarlik va turkiyalik hamkorlar bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatar Milliy banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mehmonlarga IT-Park imkoniyatlari, unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilib, taqdimot qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda biznes-jarayonlari autsorsingini kengaytirish, «Zero Risk» dasturi va bir qator tashabbusli loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston uchun jahon bozorlarida yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish, raqamli iqtisodiyot va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etish, raqamli tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, vazirning Turkiyaning MPlus kompaniyasi Bosh operasion direktori Hakan Saran bilan o‘tkazgan uchrashuvida mazkur kompaniyaning O‘zbekistonda ofisini ochish masalalariga e’tibor qaratildi.

MPlus kompaniyasi yaqin kelajakda O‘zbekistonda call-markaz agentlari uchun yangi loyihani yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bugungi kunda aloqa markazlari, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda mintaqaviy va global mijozlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

MPlus raqobatbardosh narxlarda samarali, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va zamonaviy texnologiyalar bilan xavfsiz IT infratuzilmasini ta’minlashga e’tibor qaratgan holda o‘z hamkorlariga kengayish va moslashuvchanlik imkoniyatini taqdim etadi.

Kiritildi: 11:59 19.03.2024. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!