Adliya vazirligi shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida ayrim qonunlarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi loyihani jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Loyihada qayd etilishicha, shaxslarning tasviridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda shaxsiy daxlsizlik huquqi uni amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagani sababli cheklanmoqda. Taklif etilayotgan qonunda shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari muhofazasini kuchaytirish maqsadida Fuqarolik, Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinmoqda.
Jumladan, Furqarolik kodeksini 100-1-modda (tasvirga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish) bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra, shaxsni tasvirga (fototasvir, videoyozuv, u aks etgan tasviriy sanat ob’ekti yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan boshqa tashqi belgilar yig‘indisi) olish va undan foydalanishga faqat ushbu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 16 yoshga to‘lmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasi (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan beriladi.
Tasvirdan foydalanish deganda, uni oshkor qilish, namoyish qilish, tarqatish, saqlash, ishlov berish, chop etish tushuniladi.
Quyidagi hollarda rozilik olish talab etilmaydi:
Shaxslarning qisman yoki to‘liq kiyimsiz bo‘lishini taqozo etadigan joylarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shaxslarni tasvirga olish taqiqlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, shaxs tasvirdan foydalanishni to‘xtatishni, uni yo‘q qilishni hamda yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.