Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Shaxmat. «Tepe Sigeman Tournament 2026». Abdusattorov Magnus bilan durang o‘ynadi

Shaxmat. «Tepe Sigeman Tournament 2026». Abdusattorov Magnus bilan durang o‘ynadi

Shvesiyada bo‘lib o‘tayotgan «Tepe Sigeman Tournament 2026» musobaqasi doirasida bugun 3-tur bahslari o‘tkazildi.

Tur doirasida Nodirbek Abdusattorov jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Bahs boshidanoq grossmeysterlar ehtiyotkor uslubni tanlashdi. Natijada hech bir tomon xatoga yo‘l qo‘ymadi va 44-yurishdan keyin durangga kelishishdi. Shaxmatchilarning aniqlik foizi 98,6 va 98,7 ga teng bo‘ldi.

Uchinchi turdan keyin besh shaxmatchi hisobida 2 tadan ochko bor. Nodirbek esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi.

Abdusattorov ertaga hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Ushbu shaxmatchi hisobida ham 2,0 ochko bor.

Kiritildi: 23:42 03.05.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!