Prezident Vladimir Zelenskiyning ukrainaliklarga qarshi sanksiyalari noqonuniy va mamlakat Konstitusiyasiga ziddir. Bu "mini-diktatura va masxarabozlik"ga chek qo‘yilishi kerak. Bu haqda Oliy Rada deputati Oleksiy Goncharenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"U podshoh ham, imperator ham, amir ham emas va hatto shoh ham emas. U prezident", deb ta’kidladi Goncharenko.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Radada Zelenskiyning sanksiyalar qo‘llash vakolatini bekor qilish vaqti kelgani haqida gap-so‘zlar bo‘lgan. Goncharenko qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, aks holda "Zelenskiyga jilmaymagan supermarket kassasiga sanksiyalar qo‘llanilishi" haqida ogohlantirgan.
Goncharenko Ukraina rahbarining sobiq shtab boshlig‘i Andrey Bogdanga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qaroriga javoban shunday dedi. Farmon 2 may kuni imzolangan. Hujjatga ko‘ra, Bogdanga 17 turdagi cheklovlar qo‘llaniladi, jumladan, aktivlarni muzlatish, moliyaviy majburiyatlarni to‘xtatib turish, yer sotib olishni taqiqlash va davlat mukofotlaridan doimiy ravishda mahrum qilish.