Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevga “Mustaqillik” ordenini berish taklifi ilgari surildi

A A A
Shavkat Mirziyoyevga “Mustaqillik” ordenini berish taklifi ilgari surildi

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekiston Qaxramoni” unvonini berish borasidagi taklif qo‘llab-quvvatlanayotgani, tashabbus oqilona ekanini qayd etadi. 

"Obyektiv.uz" manbasining yozishicha, Jurnalist Sharofiddin To‘laganov esa Feysbukdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida Shavkat Mirziyoyevga “Mustaqillik” ordenini berish taklifini ilgari surdi. Jurnalist keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar bu mukofot bilan ikki kishi – o‘zbek adabiyotida “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bilan iz qoldirgan yozuvchi Abdulla Qodiriy, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqillik me’mori  Islom Karimov taqdirlangan.

Jurnalist Shavkat Mirziyoyevni mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida kechayu kunduz mehnat qilayotgani uchun ham bu mukofotga haqli ma’noda munosib deb baholagan.

Kiritildi: 00:20 15.05.2018. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik