Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: «Yaqinda yana ko‘plab rektorlarni ishdan olamiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Yaqinda yana ko‘plab rektorlarni ishdan olamiz»

31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim masalasida fikr bildirdi.

«Yaqinda ko‘p rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor bo‘lish u yoqda tursin, hatto qorovul bo‘lishga arzimaydi», – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan attestasiya natijalarini ham eslab o‘tdi.

«Bugun oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga so‘z berishga vaqt bo‘lmadi. Avvalgi yig‘ilishlardan birida men «Narxoz» haqida gapirdim. U yerda xodimlarning 60-65 foizi attestasiyadan o‘tmagan. 20 yil davomida farzandlarimizni vijdon, bilim va ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlar o‘qitishdi. Bu bolalar nima bo‘ladi? Qayerga boradi? Ular qayerda ishlaydi? Banklarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘la oladilarmi? Yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning fikricha, bank sohasi mutaxassislari malakasining pastligi Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy salohiyatning yetishmasligi bilan bog‘liq.

«Men nega banklarimizni chet elliklarga bermayapman? Nega ularning banklarini kiritishga shoshilmayapman? Chunki ular hozir kirib keladigan bo‘lsa, bizning banklar mijozsiz qoladi», – dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, rektorlar va boshqa universitet xodimlarini qamoqqa olish bilan korrupsiyani butunlay yo‘q qilishga erishib bo‘lmaydi.

«Biz eng avvalo, atrof-muhitni o‘zgartirishimiz kerak. O‘qituvchilar yosh, raqobatbardosh talabalarga bilim bera olmasligidan uyalishlari kerak. Bu gaplardan har bitta universitet rahbari xulosa chiqarishi kerak.

Bizga shu yurtni biladigan, sevadigan, sadoqatli va halol kadrlar kerak», – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Kiritildi: 18:08 01.02.2020. O'qildi: 3140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!