Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar evakuasiyasi bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar evakuasiyasi bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ushbu mintaqadagi o‘zbekistonliklarni evakuasiya qilish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq berdi.

Bugun, 2 mart kuni Vazirlar Mahkamasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilingan. Shu bilan birga, videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz va tizimli ravishda mamlakatga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.

Xususan, Transport vaziri Ilhom Mahkamovga Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va mintaqaning boshqa davlatlaridan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan. Shuningdek, O‘zbekistondagi aviakompaniyalarga Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni qaytarish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan. Barcha zarur choralar vaziyat bilan bog‘liq holda tezkorlik bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakatga qaytarish maqsadida maxsus reyslar tashkil qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda boshqa turdagi xorijiy tashriflarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya qildi.

Kiritildi: Bugun 19:47. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!