Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Krishtianu Ronaldu yaqinda klub boshqaruvidan noroziligini bildirib, "An-Nasr"ning bir nechta o‘yiniga boykot e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng yulduz portugaliyalik futbolchi kelayotgan yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Biroq, "365Scores" nashrining xabar berishicha, Ronaldu shartnoma muddati tugaguncha, ya’ni 2027 yilning o‘rtalariga qadar "An-Nasr"da qolishga qaror qilgan. Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni investisiya jamg‘armasi vakillaridan yuqori darajadagi futbolchilar transferi bo‘yicha kafolatlar olgan.

Hozirda "An-Nasr" Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Al-Ahli" ikki ochkoga, uchinchi pog‘onadagi "Al-Hilol" esa uch ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 23:50 01.03.2026. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!