AQSh ma’muriyati rahbari Donald Trampning ta’kidlashicha, Eron rahbariyati Amerika operasiyasidan so‘ng Vashington bilan muzokaralar boshlash istagini bildirgan.
U "Atlantic" nashriga bergan intervyusida Eron tomonining ushbu tashabbusiga rozilik bilan javob berganini qayd etdi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, Tehron "buni ancha oldinroq qilishi kerak edi".
"Ular gaplashishni xohlashadi va men gaplashishga rozi bo‘ldim, shuning uchun men ular bilan muzokara o‘tkazaman", — dedi Tramp.