Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev — o‘z oilasi haqida: Har bir nevaramning alohida xarakterini, niyatini bilaman (video)

A A A
Shavkat Mirziyoyev — o‘z oilasi haqida: Har bir nevaramning alohida xarakterini, niyatini bilaman (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 61 yoshni qarshiladi. Shu kuni «Milliy TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali Shavkat Mirziyoyev haqida «Janob Prezident» nomli maxsus film namoyish etildi.

Filmdan O‘zbekiston davlat rahbarining intervyusi ham o‘rin olgan bo‘lib, intervyu davomida Shavkat Mirziyoyev o‘z oilasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Har bir insonning hayotidagi eng katta narsa bu — oila. Oila men uchun muqaddas. Kim bo‘lishingdan qat’i nazar, oiladagi tarbiya, oiladagi muhit, oiladagi halollik, munosabatga alohida e’tibor bermasang, hech qachon natija bo‘lmaydi.

Men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor berardim. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham o‘zimning alohida munosabatim bor. Har bir nevaramni alohida xarakterini bilaman, niyatini bilaman, istagini bilaman.

Inson o‘zini baxtliman deyishga qachon haqli? Agar oilang bilan baxtli bo‘lsang, o‘zingni baxtli sanashga haqing bor. Faqat oilam baxtli bo‘lishi emas, xalqim ham baxtli bo‘lsa, men o‘zimni baxtli deb bilaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Kiritildi: 11:49 25.07.2018. O'qildi: 4527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!