Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni muloqotdan bosh tortmayapti va agar Kiyev xohlasa, bevosita uchrashuv tashkil etilishi mumkin.
«Putin Zelenskiyni qabul qilishga tayyor. Mayli, kela qolsin», — dedi Ushakov.
Ayni paytda Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda. Tomonlar bir necha bor ehtimoliy muzokaralar haqida bayonot bergan bo‘lsa-da, hozircha rasmiy uchrashuv sanasi e’lon qilinmagan.