Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyada o‘zbekistonlik hakam ishtirokidagi o‘yinda tartibsizlik yuz berdi: Rasmiy ma’lumot

Indoneziyada o‘zbekistonlik hakam ishtirokidagi o‘yinda tartibsizlik yuz berdi: Rasmiy ma’lumot

Indoneziya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Persipura" hamda "Adhyaksa FC" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi.

O‘yin yakunlangach, mezbon jamoaning ayrim muxlislari natijadan norozi holda maydonga turli buyumlar uloqtirishgan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu holatda mazkur bahsni boshqarib borgan o‘zbekistonlik hakam Asker Najafaliyev va hakamlar brigadasiga hech qanday jismoniy zarar yetmagan. Tartibni saqlash xodimlari hakamlar xavfsizligini ta’minlab, ularni stadion hududidan xavfsiz tarzda olib chiqishgan.

Ta’kidlanishicha, Indoneziya futbol federasiyasi tomonidan Asker Najafaliyevning faoliyati yoki o‘yin davomidagi qarorlari yuzasidan hozircha hech qanday rasmiy e’tiroz yoki shikoyat kelib tushmagan.

Hamyurtimiz Indoneziyadagi faoliyatini davom ettirmoqda. Ma’lum qilinishicha, Najafaliyev ertaga bo‘lib o‘tadigan "Persita" — "Persijap" uchrashuvini boshqarish uchun navbatdagi tayinlovni olgan va ayni paytda bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kiritildi: 23:55 09.05.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!