Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi o‘ziga o‘xshagan eng iqtidorli yosh futbolchi kimligini aytdi

Messi o‘ziga o‘xshagan eng iqtidorli yosh futbolchi kimligini aytdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi hozirgi yosh avlod vakillari orasidan faoliyatining boshlanishini eslatadigan futbolchini alohida e’tirof etdi.

«Hozir juda yaxshi futbolchilardan iborat yangi avlod yetishib chiqmoqda, ularning oldida hali uzoq yillar bor. Lekin agar bittasini tanlashim kerak bo‘lsa, yoshi va erishgan natijalaridan kelib chiqib, shubhasiz Lamin Yamalni aytgan bo‘lardim», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Diario Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2005 yildan 2021 yilgacha «Barselona» asosiy jamoasida to‘p surgan. U kataloniyaliklar safida jami 778 ta o‘yinda ishtirok etib, 672 ta gol va 303 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:57 09.05.2026. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!