Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

The Economist: Rossiya Eronga AQSh qo‘shinlariga qarshi dronlar taklif qilgan

The Economist: Rossiya Eronga AQSh qo‘shinlariga qarshi dronlar taklif qilgan

Rossiya Eronga AQSh harbiylariga qarshi qo‘llash uchun minglab dronlar taklif qilgan.

Bu haqda The Economist nashri Rossiya harbiy razvedkasining maxfiy hujjatlariga tayanib yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva Tehronga radioelektron kurash vositalariga chidamli 5 mingta optik tolali FPV-dron hamda Starlink sputnik aloqasiga ega uzoq masofali dronlarni berishni rejalashtirgan.

Nashrning yozishicha, mazkur 10 betlik hujjat 2026 yil mart–aprel oylarida – AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlangan dastlabki haftalarda tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

Hujjatda bu tizimlar ehtimoliy amerikalik desant kuchlarining Eron yoki Fors ko‘rfazi orollariga tushirilishi holatida qo‘llanishi ko‘zda tutilgani aytilmoqda.

Shuningdek, The Economist ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronga dron operatorlarini tayyorlashda ham yordam taklif qilgan. Buning uchun Rossiyada tahsil olayotgan eronlik talabalar, shuningdek rus va fors tillarini biladigan tojikistonliklar hamda Suriyadagi alaviylar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Hujjatda Rossiyadagi 10 mingga yaqin eronlik talabani ushbu jarayonga jalb qilish imkoniyati ham muhokama qilingan.

Kiritildi: 23:07 09.05.2026. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!