Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitusiyaviy qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitusiyaviy qonunni imzoladi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunni imzoladi

Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir.

Endilikda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitusiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi. Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi.

Global investorlar, banklar, investisiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga o‘rgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun mamlakatimizning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda.

Mohiyatan olganda, ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investisiyadir. Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda.

Kiritildi: 10:31 11.07.2026. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!