Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Senati raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Senati raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloniy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumlari va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazilmoqda.

Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini ta’minlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiyot, investisiya va transport sohalaridagi ustuvor loyiha hamda dasturlarni jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on yo‘li qurilishini ilgari surish, shuningdek, hududlararo hamkorlik va gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Kiritildi: 17:12 07.04.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!